Andijon tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xabariga ko‘ra, mashg‘ulot jarayonida bolalarga nisbatan pedagogik etikaga zid so‘zlarni ishlatgan tarbiyachi egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda holat "O Marziya" xususiy bog‘chasida sodir bo‘lgani aniqlandi.