Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Andijonda "benzin zapravka"ga 90 million so‘m jarima qo‘llanildi

Andijonda "benzin zapravka"ga 90 million so‘m jarima qo‘llanildi

Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat yuritib kelayotgan AYOQShga nisbatan 90,4 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

"O‘zenergoinspeksiya" Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan, Marhamat tumanida joylashgan “M.O.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu AYOQShdagi yoqilg‘i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan iste’molchilarga Ai-80 va AI-92 markali avtobenzin sotilayotganligi aniqlandi.

Tekshiruv yakunida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga ko‘ra, ushbu AYOQShga nisbatan 90.4 million so‘m (realizasiya qilingan 20 660 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi) miqdorida jarima qo‘llanildi.

Kiritildi: 11:38 20.08.2025. O'qildi: 569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!