Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Andijonda 371,4 mln so‘mlik "svet" noqonuniy foydalanildi

Andijonda  371,4 mln so‘mlik "svet" noqonuniy foydalanildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “A.-A.” MCHJ mas’ul shaxslari va fuqaro A.N. MCHJ binosida hamda fuqarolar A.G. va R.S. “Islomobod” MFY hududidagi turar joy binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 371,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Narpay tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.Z.” fermer xo‘jaligi rahbari M.SH. suv nasosini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 208,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:31 15.08.2025. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!