Ijtimoiy tarmog‘larda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi holati yuzasidan habar tarqaldi.
Aniqlanishicha, Qo‘rg‘ontepa tumani prokuraturasi tomonidan 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan U.Ya joriy yilning 3-iyun kuni yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmaganligi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, Andijon viloyat IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi inspektori-ijtimoiy xodimi lavozimida ishlagan S.B voyaga yetmagan U.Mni Andijon shaharda joylashgan ko‘p qavatli uyga olib borib, u bilan jinsiy aloqa qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 4-iyun kuni S.Bga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudning tegishli ajrimi bilan gumonlanuvchi tariqasida «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.