Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Andijon xalqaro ayeroporti rekonstruksiyasining 1-bosqichi yakunlandi

Andijon xalqaro ayeroporti rekonstruksiyasining 1-bosqichi yakunlandi

Uning doirasida uzunligi 3300 metr, eni 60 metr bo‘lgan 4E toifali uchish-qo‘nish yo‘lagi, bitta yurish yo‘lagi va 3 ta samolyot to‘xtash joyiga ega perron qurildi. Endi bu ayeroport Boeing 787, 747 va Airbus A330 kabi keng fuzelyajli samolyotlarni ham qabul qila oladi.

Ayni paytda rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichi davom etyapti. Unda qo‘shimcha yurish yo‘lagi, yana 7 ta samolyot to‘xtash joyi, zamonaviy yoritish va meteorologik uskunalar o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bu bir vaqtning o‘zida 10 ta samolyotga xizmat ko‘rsatish va turli ob-havo sharoitida ishlash imkoniyatini berishi aytilmoqda.

Kiritildi: 23:52 15.03.2025. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!