Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Andijon viloyatiga Mo‘g‘ulistondan 5000 bosh "Bayad" zotli qo‘y olib kelinadi (video)

Andijon viloyatiga Mo‘g‘ulistondan 5000 bosh "Bayad" zotli qo‘y olib kelinadi (video)

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-25 iyun kunlari Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17 iyuldagi PQ-225-son qarori qabul qilindi.

Davlatimiz rahbarining “Mo‘g‘ulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan naslli qo‘y-echkilar importi boshlandi.

Qaror ijrosini viloyatimizda amalga oshirish uchun 10 dan ortiq tadbirkorlar tomonidan Mo‘g‘uliston davlatidan 5000 bosh qo‘y sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Birinchi bosqichda ya’ni, joriy yilning 23 avgust kun dastlabki 1066 bosh “Bayad” zotiga mansub qo‘ylar ortilgan havo kemasi Navoiy xalqaro aeroportiga yetib keldi.

Navoiy xalqaro aeroportidan “Otchopar chorvasi” fermer xo‘jaligi 396 bosh, “Ulkan chinor baraka” fermer xo‘jaligi 250 bosh, hamda “Iroda savdo trans” MCHJ 420 bosh qo‘ylarni viloyatimizga yetkazib kelindi.

Ikkinchi bosqichda viloyatiga sentyabr oyi yakuni bilan 2 ta reysda 2 ming bosh, noyabr-dekabr oylarida 2 ming bosh, jami 5 ming boshdan ortiq naslli qo‘ylar olib kelinishi yuzasidan tizimli ishlar rejalashtirilgan.

Tadbirkorlarga havo kemasida tashish xarajatlari borasida davlatimiz tomonidan bir qator imtiyozlar qo‘llanilmoqda, ya’ni ushbu harajatlarning 50 foizi davlat byudjetidan qoplanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddati foizlari hisoblanmasdan to‘lov ta’minotisiz kechiktiriladi va keyinchalik byudjetdan qoplab beriladi. Xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari yillik 10 foiz stavkada 5 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi.

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari tomonidan chetdan keltirilgan nasli qo‘ylar, har kunlik veterinariya ko‘rikdan o‘tkazilib, tana harorati o‘lchab borilmoqda. Mayda shoxli mollar o‘lati va brusellyoz kasalligiga viloyat hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga qon namunalari olib jo‘natildi.

Shuningdek belgilangan tartibda tezak namunalari olib kaprologik tahlillar o‘tkazilmoqda. Naslli qo‘ylarni turli xil parazitar kasalliklar va parazitlardan himoya qilish uchun antigelmintiklar berildi. Respublikadan keltirilgan chechak vaksinasi talabnoma asosida tarqatildi. Qo‘ylarni chechak kasalligiga qarshi emlash ishlari olib borish uchun kirishildi va 14 kun o‘tib 2 oylikdan boshlab oqsil kasalligiga qarshi emlash tadbiri o‘tkaziladi.

Kiritildi: 14:07 08.09.2025. O'qildi: 1012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!