Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasdan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.V.” MCHJga qarashli ombor bosh mutaxassisi SH.A. “I.S.” dasturida buyurtma orqali sotib olingan 214,5 mln so‘mlik turli maishiy texnika mahsulotlarini boshqa shaxslarga sotib, go‘yoki ushbu buyurtmalar bekor qilinganligi haqida dasturga qaydlar kiritib, sotishdan tushgan pullarni o‘zlashtirib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.