O‘zenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi N. B.ga tegishli oshxonada elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 535,8 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.