Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Andijon viloyati hokimiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Andijon viloyati hokimiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Ismanov Isomiddin Baxriddinovich Andijon viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ismanov Isomiddin Baxriddinovich 1981 yilda Andijon viloyatining Andijon tumanida tug‘ilgan.

U 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurtini (kunduzgi) tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Tezkor vaziyatlarni tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.

Kiritildi: 17:30 09.12.2025. O'qildi: 1128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!