Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Andijon viloyat hokimligi Sadbarxon Mamitovani ogohlantirdi

Andijon viloyat hokimligi Sadbarxon Mamitovani ogohlantirdi

Andijon viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ston tumani hokimi Sadbar Mamitovaga oid audioyozuv tarqalishi yuzasidan munosabat bildirdi va tuman hokimiga «ogohlantirish» berilganini ma’lum qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlardagi Bo‘ston tumani hokimi deya aytilayotgan audioyozuv yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.  Aniqlanishicha, haqiqatan ham audioyozuv Bo‘ston tumani hokimi S.Mamitovaga tegishli ekanligi, tumandagi soya yetishtiruvchi fermerlarning soya yetishtirish va uni yig‘ib olishdagi mas’uliyatsizligi oqibatida tumanda soya hosilini yig‘ishtirib olish ishlari bir muncha ortga surilgani ma’lum bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman hokimi fermerdan nega soya hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olmasdan, soya korchyovka qilinib, yulib tashlangani yuzasidan izoh so‘ragan.

Tumanda soya o‘simligini yetishtirish va uni yig‘ib-terib olishda sustkashlik qilayotgan hamda o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarayotgan fermerlarning faoliyati tuman hokimining e’tirozlariga sabab bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. 

Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda, tarqalgan audioyozuv uchun Bo‘ston tumani hokimi S.Mamitovaga viloyat hokimligi tomonidan «ogohlantirish» berilganini ma’lum qilamiz», deyiladi hokimlik munosabatida.

Ma’lum qilinishicha, Bo‘ston tumanida 108ta g‘alla va paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga jami 36,5 tonna soya o‘simligi ekish va yetishtirish (500 gektar ochiq maydonga, 300 gektar g‘o‘za qator orasiga) belgilangan.

Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqda Bo‘ston tumani hokimi yig‘ilishlardan birida fermerlarni haqoratli so‘zlar bilan kamsitayotgani aks etgan audioyozuv tarqalgandi.

Mamitova tumandagi fermerlarni «maraz», «iflos» deb haqoratlagan, soya o‘simligi bilan bog‘liq rejani bajarmagan fermerlarga 5 tonnadan soya topshirilmasa, yerini olib qo‘yish bilan tahdid qilgan.

Keyinroq Sadbarxon Mamitova mazkur audio yuzasidan intervyusida  koronavirusga chalinib, ikki hafta davomida kasalxonada yotganini, sog‘ayib chiqqach esa, ruhiy holati yaxshi bo‘lmagani uchun stressda fermerlarga qattiqroq gapirgani va talab qilgani, og‘zidan shu gap chiqib ketganini ta’kidlagan. Shuningdek, u davolangan paytida tumandagi ko‘p ishlar orqada qolib ketganini qo‘shimcha qilgan.

Kiritildi: 18:27 26.10.2020. O'qildi: 2890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!