Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baliqchi tumani bo‘limi, IIB va Soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Gulshan” MFY hududidagi oziq-ovqat do‘konida qonunga xilof ravishda alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro X.YU. xaridor G‘.M.ga 2 dona alkogolli ichimlikni sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan tegishli kirim hujjatlari bo‘lmagan turli nomdagi 1 997 dona alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Urganch tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumandagi “N.B.” MCHJga qarashli savdo do‘konida 55 turdagi jami 1 052 qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.