Turkiyada Seljuk Bayroqdor rahbarlik qilayotgan “Farg‘oniy” jamoasi "Ulug‘bek" nomli milliy sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi.
Turkiya kosmos sohasida navbatdagi muhim qadamni tashladi: "Fergani Uzey" kompaniyasi tomonidan to‘liq milliy texnologiya asosida yaratilgan FGN-100-D2 sun’iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli ravishda orbitaga chiqarildi.
104 kilogramm og‘irlikdagi ushbu apparat AQShning Kanaveral qo‘ltig‘idan uchirilib, parvoz boshlanganidan 74 daqiqa o‘tib maqsadli orbitasiga yetib bordi va ilk ma’lumotlarini uzatdi.