Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Noma’lum dronlar: Belgiya NATO nizomining 4-moddasini qo‘llaydimi?

Noma’lum dronlar: Belgiya NATO nizomining 4-moddasini qo‘llaydimi?

Belgiya harbiy bazalari va aeroportlari ustidan dronlar kuzatilayotgani sababli NATO nizomining 4-moddasini qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Belgiya mudofaa vaziri Teo Franken ma’lum qildi.

Seshanba kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 20:00 da Bryussel xalqaro aeroporti hamda Lyej va Sharlerua aeroportlari osmonda dronlar aniqlangani sababli yopilgan.

Bundan tashqari, Klyayen-Brogel va Floren harbiy bazalari ustida ham dronlar uchgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, NATO nizomining 4-moddasi alyans a’zosi bo‘lgan davlatga maslahatlashuvlar o‘tkazishni so‘rash huquqini beradi, 5-moddasi esa a’zo davlatlardan biriga uyushtirilgan hujumni "butun alyansga qilingan hujum" deb hisoblashni nazarda tutadi.

Avvalroq, Belgiyada dronlar sabab aeroportlar faoliyati to‘xtatildi, NATO bazasi ustida ham uchuvchi qurilmalar aniqlangani ma’lum qilingandi.

Kiritildi: 23:35 05.11.2025. O'qildi: 1242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!