Andijon viloyatining Buloqboshi va Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanlarida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Buloqboshi tumanida fuqaro N.O. fuqaro S.Q.dan 4 ming dollarni 51,7 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlangan. Uning yonidan 586 dollar, 14 750 rubl, 4 770 qirg‘iz somi va 74,8 mln so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Bag‘dod tumanida fuqaro S.A. fuqaro M.X.ga 4 ming dollarni 52 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.