Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchilaridan biri vafot etdi

“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchilaridan biri vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanidagi 14-maktab o‘quvchilari “Andijon polkasi” tadbiridan qaytayotgan vaqtda YTHga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Unda aytilishicha, hodisa oqibatida bir nafar o‘quvchi vafot etgan, qolganlari esa jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Voqea o‘quvchilar tadbirdan qaytayotganida emas, unga borayotganida yuz bergan.

Holat yuzasidan Andijon viloyati YHXB axborot xizmati “Daryo”ga izoh berdi. Ma’lumotda keltirilishicha, YTH 23 iyun kuni sodir bo‘lgan.

Asaka tumani xalq ta’limi bo‘limi tomonidan Andijon shahrida o‘tkaziladigan tadbirga tayyorgarlik ko‘rish uchun borib-keladigan o‘quvchilarga alohida avtobus ajratilgan. Ammo bir guruh o‘quvchi o‘zboshimchalik bilan Damas avtomobilida ketayotgan bo‘lgan. Yo‘lda avtomobil “ZIL” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. O‘quvchilar shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, ulardan bir nafari vafot etgan. Qolgan o‘quvchilarning holati yaxshi, deyiladi rasmiy axborotda.

Qo‘shimcha qilinishicha, voqea yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchilari surishtiruv olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Andijonda o‘tkazilayotgan “Turk dunyosining madaniy poytaxti — 2026” xalqaro tadbiri doirasida “Andijon polkasi” raqsi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum qilinishicha, rekord bir vaqtning o‘zida 20 ming nafar ishtirokchi “Andijon polkasi” raqsini ijro etishi natijasida qayd etilgan.

Kiritildi: 12:53 25.06.2026. O'qildi: 3056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!