“Andijon shahridagi 36-umumta’lim maktabidagi holat” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan
munosabat bildirildi.
Mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
❗️Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan holat o‘rganilganda, joriy yilning 22-oktyabr kuni soat 17:00 lar chamasida maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’uli, CHYOT rahbari, qorovul va bir nafar o‘qituvchi darsdan keyin kechki ovqatlanish jarayonida texnik spirtni iste’mol qilganlari aniqlangan.
Ushbu holatda maktab direktori vazifasidagi F.R (ayol kishi) ishdan so‘ng uyiga qaytgan va mazkur jarayonlarda ishtirok etmagan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari davom etayotgani ma’lum qilindi.