Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

«Andijon» jamoasi xalqaro maydonda o‘ynaydigan O‘zbekistonning 12-klubi bo‘ladi

«Andijon» jamoasi xalqaro maydonda o‘ynaydigan O‘zbekistonning 12-klubi bo‘ladi

O‘tgan yili O‘zbekiston kubogi musobaqasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan “Andijon” klubi bu yil Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida ishtirok etadi.

Shu paytgacha Osiyo Futbol Konfederasiyasi tomonidan o‘tkaziladigan klublar miqyosidagi musobaqalarda 11 ta o‘zbek klubi ishtirok etgandi. “Andijon” jamoasi ushbu ro‘yxatda 12-o‘zbek klubi bo‘ladi.

Quyida OFK turnirlarida ishtirok etgan jamoalarimiz va ularning natijalari bilan tanishamiz:

“Paxtakor” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 20 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — yarim final.

“Bunyodkor” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 10 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — yarim final.

“Nasaf” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 7 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — nimchorak final. Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida 3 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — chempionlik.

“Lokomotiv” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 5 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — chorak final.

“Neftchi” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 7 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — 3-o‘rin. Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida 2 marta qatnashgan. Eng yaxshi natijasi — chorak final.

“OKMK” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 2 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — guruh bosqichi.

“Do‘stlik” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — guruh bosqichi.

“Mash’al” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — guruh bosqichi.

“Navbahor” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 2 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — chorak final.

“Sho‘rtan” — Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — nimchorak final.

“So‘g‘diyona” — Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — yarim final.

Kiritildi: 16:10 17.09.2025. O'qildi: 1160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!