Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Andijon do‘ppisi patentlandi

Andijon do‘ppisi patentlandi

Andijon do‘ppisi Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur bosh kiyim o‘zining yuqori sifatli matolari, nozik naqshlari, o‘ziga xos shakli, shuningdek, ramziy va estetik mazmuni bilan ajralib turadi. Ushbu do‘ppi Andijon viloyatining hunarmandchilik an’analari, kashtachilik maktabi va madaniy ramzlariga asoslangan bo‘lib, xalq orasida o‘ziga xos hurmat va mavqega ega.

Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi Andijon do‘ppisining kelib chiqish manbaini belgilaydi, hamda uning sifati va madaniy qiymatini huquqiy jihatdan himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, geografik ko‘rsatkich — bu mahsulotning ma’lum hududga xosligi va aynan shu hudud tabiiy, insoniy, tarixiy omillari bilan bog‘liq alohida sifatlarga ega ekanligini bildiruvchi intellektual mulk ob’ekti hisoblanadi.

Kiritildi: 22:15 17.06.2025. O'qildi: 916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!