Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Vafot etgani aytilgan “Barsa” sobiq yulduzi hali tirikligini ma’lum qildi

Vafot etgani aytilgan “Barsa” sobiq yulduzi hali tirikligini ma’lum qildi

Ayrim ijtimiy tarmoqlarda “Barselona”ning sobiq futbolchisi Erik Abidal vafot etgan haqidagi ma’lumotlar tarqatilgan edi.

11 sentyabr kuni 46 yoshga to‘lgan Abidal bu shumxabarlarga munosabat bildirdi.

- Ba’zi mish-mishlar aslida bo‘lmasligi kerak. Men shu yerdaman, oilam bilan birgaman va hammasi joyida. Hurmat – hamma narsaning kaliti. Men tirikman va salomatman. Qo‘llab-quvvatlayotganlarning barchasidan minnatdorman. Keling, bor e’tiborimizni haqiqatan muhim narsalarga qarataylik, - deb yozdi Erik Abidal ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasida.

2011 yili Erik Abidal og‘ir hastalikka yo‘liqqan edi. O‘shanda futbolchiga donor jigari ko‘chirib o‘tkazilgan.

Abidal 1999 yildan 2014 yilgacha davom etgan professional faoliyati davomida “Lill”, “Lion”, “Monako”, “Olimpiakos” va “Barselona”da to‘p tepgan.

Kiritildi: 23:43 15.09.2025. O'qildi: 1316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!