Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Anchelotti JCh uchun Braziliya tarkibini shakllantirmoqda: 13 nafar futbolchining o‘rni naqd

Anchelotti JCh uchun Braziliya tarkibini shakllantirmoqda: 13 nafar futbolchining o‘rni naqd

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi jahon chempionatida aniq ishtirok etadigan 13 nafar futbolchini tanlab oldi. Ushbu o‘yinchilar faqat jarohat olgan taqdirdagina «selesao»ning turnir uchun qaydnomasidan chetda qolishlari mumkin. Estadao nashri taqdim etgan 13 kishilik ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:

Alisson, Eder Militao, Danilo, Markinyos, Gabriel Magalyans, Aleks Sandro, Kazemiro, Andrey Santos, Bruno Gimaraes, Estevao, Vinisius Junior, Mateus Kunya, Rafinya.

Shuningdek, Braziliya qaydnomasiga kirishi deyarli aniq bo‘lgan besh nafar futbolchidan iborat ro‘yxat ham mavjud. Bunga Uesli, Lukas Paketa, Joao Pedro, Gabriel Martinelli va Risharlison kiritilgan.

Neymar ushbu ro‘yxatlarda yo‘q. Ta’kidlanishicha, «Santos» hujumchisining jahon chempionatiga borish imkoniyatlari uning o‘z klubining oxirgi o‘yinini o‘tkazib yuborganidan so‘ng pasaygan.

Kiritildi: Bugun 11:47. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!