Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Anchelotti "Barselona" futbolchisiga katta umid bog‘lagan

Anchelotti "Barselona" futbolchisiga katta umid bog‘lagan

Braziliya terma jamoasining bo‘lajak bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Rafinya Diasga ishonch bildirishga tayyor.

May oyi oxirida italiyalik mutaxassis "Real"dagi lavozimini tark etadi va "pentakampeonlar"ni qabul qilib oladi. Diario Sport xabariga ko‘ra, boshqaruvchi Rafinyani hozirdanoq yangi jamoasining muhim o‘yinchisi sifatida ko‘rmoqda. 5 iyun kuni braziliyaliklar Ekvadorga qarshi o‘yin o‘tkazsa, 5 kun o‘tib paragvaylik raqiblariga qarshi maydonga tushadi. Ikkala o‘yin ham 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Rafinya Dias joriy mavsum "Barselona" safida 55 ta o‘yinda 34 ta gol va 25 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Milliy terma jamoa safida vinger 33 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va yettita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 10:13 18.05.2025. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!