Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ana xolos! Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi, aslida, erkak kishimi?

Ana xolos! Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi, aslida, erkak kishimi?

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit uning Jan-Mishel Tronye ismli erkak ekanligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Fransiya birinchi xonimining so‘zlariga ko‘ra, uning internetdagi shajarasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirgan.

"Avvaliga uzoqdan kuzatdim, ularning gaplarini eshitdim, ular shajaramni o‘zgartirganini anglab yetmasdan turib... va men birdan akam bo‘lib qoldim. Ota-onamning shajarasi haqida gapiryapmiz. Ular o‘zgartirgan ma’lumotlarni qabul qilish mumkin emas", - dedi Brijit Makron.

Makron to‘rt yildan beri uni erkak deyayotganlarni qarshi kurashayotganini tan oldi. Endi u mish-mish tarqatuvchilarni sudga bermoqchi.

Fransiyada vaqti-vaqti bilan prezidentning rafiqasi avval erkak bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqaladi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘smir bo‘lguniga qadar Brijit Makron degan shaxs bo‘lmagan, Jan-Mishel Tronye bo‘lgan. Tronye — Brijit Makronning qizlik ismi.

Hozir Brijit Makron 68 yoshda, eri Emmanuel esa 44 yoshda.

Kiritildi: 16:41 14.01.2022. O'qildi: 18115 marta. Fikrlar soni: 14 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!