Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ana xolos! Tug‘ilgan kunida ko‘cha supuradigan yigitlar

A A A
Ana xolos! Tug‘ilgan kunida ko‘cha supuradigan yigitlar

Tarixiy ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, tug‘ilgan kunni birinchi bo‘lib qadimiy Misrda nishonlay boshlashgan. Tug‘ilgan kunni nafaqat oddiy odamlar, balki fir’avnlar va mashhur kishilar ham nishonlashgan.

Odamlar tug‘ilgan kunida qo‘riqchi farishta barcha istaklar ro‘yobga chiqishini Allohdan so‘rab berishiga qattiq ishonishgan va ishonishadi.

Shimoliy Afrikaning ba’zi davlatlarida odamlar tug‘ilgan kunini umri davomida atigi ikki marotaba nishonlashadi. Birinchisi — bu dunyo yuzini ko‘rgan kuni bayram qilinadi. Ikkinchi marotaba esa odam 52 yoshga kirganda nishonlashadi. Agar odam uchinchi marta tug‘ilgan kunini bayram qilish istagida bo‘lsa, u 104 ga kirishini kutishi lozim. Afsuski, bu yoshga hamma ham yeta olmaydi. Angliyada esa qirolicha 80, 90, 100 yoshni qarshilaganlarga tug‘ilgan kuni munosabati bilan shaxsan o‘z nomidan tabrik telegrammalarini yo‘llaydi.

Germaniyada esa 30 yoshga to‘lgan yigit qo‘liga supurgi olib, ko‘chalarni supura boshlaydi. Tug‘ilgan kunga tashrif buyurgan mehmonlar baqir-chaqir bilan u supurayotgan yerga ko‘proq axlat sochishga harakat qilishadi. Bu amal to ko‘chadan o‘tib ketayotgan turmushga chiqmagan qiz tug‘ilgan kun sohibidan bo‘sa olmaguncha davom etaveradi. So‘ng mehmonlar uyga qaytib bayramni davom ettirishadi.

Braziliyadagi qabilalardan birida esa tug‘ilgan kunni ulg‘ayish kuni deb atashadi. O‘smirlikdan kattalar safiga qo‘shilish arafasida turgan bolakayning qo‘liga qo‘lqop kiydirishadi. Qo‘lqop ichiga esa chumolilarning maxsus turini qamashadi. Bu chumoli turi juda yomon chaqadi. Uncha-muncha odam bu chaqishga bardosh qila olmaydi. Bir marta chaqsa, tana bir kecha-kunduzgacha og‘rib azob beradi. Tasavvur qiling, o‘smirning qo‘lqopi ichiga yuzlab shunday chumolilar to‘dasi qamab qo‘yiladi. Bolakay ularning chaqishiga 10 daqiqa ichida baqirmasdan chidab berishi lozim.

Kiritildi: 07:44 12.05.2018. O'qildi: 1653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik