Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

"An-Nasr" Ronalduga bergan va’dasini bajarmoqda

"An-Nasr" Ronalduga bergan va’dasini bajarmoqda

"An-Nasr" o‘z tarkibini kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Saudiya klubi o‘z safida vinger Antonini ko‘rishni istamoqda. Foot Mercato nashrining xabar berishicha, "An-Nasr" Antoni transferi bo‘yicha "Manchester Yunayted"ga taklif bilan chiqqan. Gap qanday summa haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Antoni 25 yoshda, nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari braziliyalikni 35 million yevroga baholamoqda. Antoni o‘tgan mavsumning ikkinchi qismida "Betis" safida ijara asosida to‘p tepgan edi.

Avvalroq matbuotda "An-Nasr" Krishtianu Ronalduga jamoa chempionlik uchun jiddiy kurashishi uchun tarkibni kuchaytirishga va’da bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 23:00 27.07.2025. O'qildi: 902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!