Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Amorim "MYu"ni tark etishga tayyor

Amorim "MYu"ni tark etishga tayyor

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoadagi kelajagiga shubha bildirdi va "Old Trafford"ni qachon tark etishi mumkinligini aytdi.

"Manchester Yunayted" o‘z uyida "Vest Xem"ga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi va bu mavsumda Premyer-ligadagi 17-mag‘lubiyatini qabul qildi.

Amorim "Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida o‘z tarkibini qayta tiklay olishiga umid qilmoqda, ammo agar "qizil iblislar" kelasi mavsumni xuddi shunday yomon kayfiyatda boshlasa, Ruben ketadi.

"Men futbolchilar haqida gapirmoqchi emasman. Men o‘zim va bu klubdagi madaniyat haqida gapiryapman. Jamoaning madaniyati. Menda shunday his bor: biz buni o‘zgartirishimiz kerak. Yozda chindan ham kuchli va jasur bo‘lishimiz kerak, chunki biz yana bunday mavsumni o‘tkazishni xohlamaymiz.

Agar biz shunday boshlasak, agar bu tuyg‘u shu yerda qolsa, biz boshqa odamlarga joy bo‘shatishga majbur bo‘lamiz", - dedi Amorim Daily Express bilan suhbatda.

Kiritildi: 05:37 13.05.2025. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!