Bugun 6 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Amirsoy va Chimyonga olib boruvchi yo‘lda harakat 12 yanvargacha bir tomonlama bo‘ladi

Amirsoy va Chimyonga olib boruvchi yo‘lda harakat 12 yanvargacha bir tomonlama bo‘ladi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Amirsoy, Beldersoy va Chimyonga olib boruvchi yo‘lda harakat bir tomonlama tashkil etiladi. Bu haqda viloyat IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bo‘stonliq tumanidagi tog‘li hududlarda joylashgan dam olish maskanlarida 2025 yil 12 yanvarga qadar fuqarolar tashrifi odatdagidan ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Shuni inobatga olgan holda Amirsoy, Beldersoy, Chimyon kabi dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘lda xavfsizligini ta’minlash va tirbandliklarning oldini olish maqsad qilingan.

Rejaga ko‘ra, 4R6 Toshkent-Chirchiq-Chimyon avtomobil yo‘lining 57-kilometridan boshlab, mazkur yo‘lning 92-kilometrigacha, ya’ni 4R10 avtomobil yo‘li bilan tutashgan joygacha transport vositalarining harakati bir tomonlama tashkil etiladi.

Harakat bir tomonlama tashkil etilgan yo‘lning boshida 5.5 (bir tomonlama harakatli yo‘l) va uning oxirida 5.6 (bir tomonlama harakatli yo‘lning oxiri) axborot ko‘rsatgich yo‘l belgilari, shuningdek, harakatlanib kirish taqiqlangan qismida 3.1 (kirish taqiqlangan) yo‘l belgisi o‘rnatiladi.

Kiritildi: 21:30 01.01.2025. O'qildi: 800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!