«Amirsoy» dam olish maskanida 23 yanvar kuni qizlarning yarim yalang‘och holda fotosessiya qilgani bo‘yicha izoh berildi. Bu haqda «Zamon» informasion dasturida ma’lum qilindi.
Keltirilishicha, «Amirsoy» dam olish maskani direktorining yordamchisi ekanini ma’lum qilgan erkak suratga olish jamoasiga kurort hududida o‘zini tutish qoidalari jamlangan hujjatni bergan.
«Ko‘rib turganingizdek, hujjatlarning ham ruscha, ham o‘zbekcha, ham inglizcha ko‘rinishdagilari bor. Bu qoidalar jamlanmasi devorga ham ilib qo‘yilgan. Men o‘zim bu hodisa tasvirlangan videoni ijtimoiy tarmoqlar orqali jo‘natishgandagina ko‘rdim. U yerda nima bo‘lganidan esa umuman xabarim yo‘q», — degan «Amirsoy» dam olish maskani direktorining yordamchisi ekanini ma’lum qilgan erkak.
Qayd etilishicha, kurort mas’ullari tashrif buyuruvchilarning kurort hududida ushbu qoidalarga amal qilishi nazoratda ekanini aytgan, ammo bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan birorta xodim izoh bera olmasligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng tasvirga olish jamoasi poytaxtdagi asosiy savdo ofisiga borgan va holat yuzasidan izoh bergan xodim bilan gaplashgan.
«Amirsoy» tog‘-chang‘i kurortining tijorat vrach-oftolmologining so‘zlariga ko‘ra, ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan va variant tarzda kurortdan ketish yoki hammaga o‘xshab, kiyingan holda dam olishni tanlash takliflari berilgan.
«Ushbu takliflardan so‘ng ular ust-boshini kiyib, dam olishni davom ettirdi», — deydi tijorat vrach-oftolmolog.