Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Amir Abdullohian Putin va Raisiy o‘rtasidagi besh soatlik muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi

Amir Abdullohian Putin va Raisiy o‘rtasidagi besh soatlik muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi

Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Moskvada Eron va Rossiya prezidentlarining 5 soat davom etgan muzokaralarini qayd etib, uning muhim qismi Falastin masalasiga qaratilganiga ishora qildi, deb xabar beradi Kazinform agentligi IRNAga tayanib.

IRNA xabariga ko‘ra, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyn o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida Raisiyning payshanba kungi qisqa safari haqida yozgan.

“Qisqa safarda Kremlda besh soat davomida Eron va Rossiya prezidentlari o‘rtasida muhim muzokaralar va amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarning katta qismi Falastin masalasiga qaratildi. Tomonlar G‘azo va G‘arbiy Sohildagi urush va genosidni zudlik bilan to‘xtatish, g‘azoliklarning majburiy deportasiyasini to‘xtatish va G‘azo bo‘ylab keng ko‘lamli gumanitar yordam jo‘natish uchun Rafah chegarasini zudlik bilan ochish zarurligini ta’kidladilar. Rossiya tashabbusni o‘z qo‘liga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda”, – deyiladi xabarda.

Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari muhokama qilingan boshqa masalalarni ham qayd etdi.

“Ikki tomonlama munosabatlar, jumladan, bank-valyuta masalalari, tranzit, temir yo‘l kommunikasiyalari, energetika, qishloq xo‘jaligi, fan, universitetlar, texnologiya, turizm, sanoat... hamda mintaqaviy va xalqaro hamkorlik masalalari e’tibor va muhokama mavzusi bo‘ldi”, – deb yozadi vazir.

Kiritildi: 11:47 09.12.2023. O'qildi: 2980 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!