Amerikalik Gretchen Uolsh bir kunda ikki marta 100 metrga batterflyay suzishda jahon rekordini o‘rnatdi.
“Report”ning xabar berishicha , Fort-Loderdeylda (AQSH, Florida) o‘tkazilgan turnirning dastlabki suzish bahslarida Uolsh 55,09 soniya, finalda esa 54,60 natija ko‘rsatdi.
Avvalgi jahon rekordi ham amerikalikka tegishli edi - 55,18 sek.