Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Amerikalik Chevron Iroqqa qaytmoqda

Amerikalik Chevron Iroqqa qaytmoqda

Iroq Amerika neft kompaniyasi Chevron bilan Nasiya loyihasi bo‘yicha dastlabki kelishuvni imzoladi. Loyiha tarkibiga to‘rtta razvedka bloki va boshqa faol neft konlarini rivojlantirish kiradi. Nasiya konining isbotlangan neft zaxiralari 4,36 milliard barrel deb baholanmoqda.

So‘nggi ikki yil ichida Iroq yirik neft kompaniyalari bilan yangi kelishuvlar imzolab, mamlakatdan chiqib ketish tendensiyasini o‘zgartirdi.

❕ Kontrakt shartlarining yaxshilanishi natijasida Fransiyaning TotalEnergies va Britaniyaning BP kompaniyalari umumiy qiymati 50 milliard dollardan ortiq bo‘lgan yangi bitimlarni imzoladi.

Uzoq muddatli maqsad — mintaqadagi neft ishlab chiqarishni kuniga bir million barrelgacha oshirish. Bu o‘sish quyidagi tashabbuslar bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda:
20 ta quduq qazish kampaniyasi,
TotalEnergies boshchiligidagi gaz ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha integrasiyalashgan loyiha (GGIP).

Kelishuv, shuningdek, Bag‘dodning shimolida joylashgan Balad neft konini ham o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: 19:39 20.08.2025. O'qildi: 895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!