Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Amazon bilan hamkorlikda sun’iy yo‘ldosh interneti yo‘lga qo‘yiladi

Amazon bilan hamkorlikda sun’iy yo‘ldosh interneti yo‘lga qo‘yiladi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Amazon Kuiper kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar raqamli infratuzilmani rivojlantirish va yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini joriy etish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlarida Vazirlik va Amazon Kuiper Commercial Services LLC o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat “Project Kuiper” orqali O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh internetini joriy etishni nazarda tutadi.

📌Amazon Kuiper — Yer orbitasidagi (LEO) yo‘ldoshlar orqali internet xizmatini taqdim etuvchi loyiha hisoblanadi.

Kiritildi: 19:24 13.10.2025. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!