Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Alsgeymer va Parkinson kasalliklarini aniqlaydigan qurilma ishlab chiqildi

Alsgeymer va Parkinson kasalliklarini aniqlaydigan qurilma ishlab chiqildi

AQShlik va Xitoylik xalqaro olimlar guruhi Alsgeymer va Parkinson kasalliklarini aniqlay oladigan portativ, noinvaziv qurilma ixtiro qilishdi. Tadqiqot natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences (PNAS) jurnalida chop etildi.

Qayd etilishicha, qurilma kimyoviy emas, balki elektr biomarkerlarga asoslangan. Qurilma haddan tashqari yuqori aniqlikka ega. U bir atomli qalin grafen qatlami va uchta elektroddan tayyorlangan yuqori sezgir tranzistorli mikrosxemadan iborat. Zond elektrodlardan biriga ulanadi va beta-amiloid yoki tau-oqsili, shuningdek alfa-sinuklein bilan bog‘lanadi. Bu oqsillar neyrodegenerativ kasalliklarning o‘ziga xos belgilaridir. Oqsillarning zond-aptamerga ulanishi elektrodlar orasidagi oqim miqdorini o‘lchashga olib keladi. Kuchlanishni o‘zgartirish muayyan biomarkerlarni aniqlash imkonini beradi.

Shuningdek, bemor miyasidan olingan beta-amiloid oqsillari ustida olib borilgan tajribalarda qurilma Parkinson va Alsgeymer kasalliklari uchun maxsus biomarkerlarni muvaffaqiyatli aniqladi. Qurilma juda past namuna konsentrasiyasida ham ishlaydi.

Olingan natijalar simsiz tarzda noutbuk yoki smartfonga uzatilishi mumkin.

Qurilmani bir yildan keyin bozorga chiqarish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 08:46 17.11.2023. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!