Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Alonso "Real"dan iste’foga chiqarilgach, ilk bor o‘z fikrlarini bildirdi

Alonso "Real"dan iste’foga chiqarilgach, ilk bor o‘z fikrlarini bildirdi

Xabi Alonso "Real" bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda klub bilan xayrlashdi.

"Faoliyatimning ushbu professional bosqichi nihoyasiga yetdi va u biz istaganimizdek o‘tmadi. "Madrid"ga murabbiylik qilish men uchun ham sharaf, ham mas’uliyat edi.

Klubga, futbolchilarga va birinchi navbatda "Madrid" muxlislariga meni qo‘llab-quvvatlagani va menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Qo‘limdan kelgan barcha ishni qilganim uchun hurmat, minnatdorlik va g‘urur bilan klubni tark etaman", - deb yozdi Alonso.

Kiritildi: Bugun 19:03. O'qildi: 819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!