Bugun 1 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Alla Pugachyovaning vakili xonandaning faoliyatini yakunlagani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Alla Pugachyovaning vakili xonandaning faoliyatini yakunlagani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Xonanda Alla Pugachyovaning vakili Yelena Chuprakova san’atkorning yurak operasiyasini o‘tkazgani yoki ijodiy faoliyatini tugatgani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi.

Uning RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, bu haqda unda hech qanday ma’lumot yo‘q.

«Yo‘q, menda bunday ma’lumot yo‘q. Bu haqda xabardor emasman», — dedi Chuprakova Pugachyovaning yurak operasiyasini boshdan kechirgani va sahna faoliyatini yakunlagani haqidagi savolga javob berar ekan.

Avvalroq Mash Telegram kanali Alla Pugachyova go‘yoki ikki marta yurak operasiyasini o‘tkazgani, shundan so‘ng salomatligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra barcha chiqishlarini bekor qilib, ijodiy faoliyatini yakunlagani haqida xabar tarqatgan edi.

Alla Pugachyova 2022 yil oktyabr oyida farzandlari bilan Isroilga ko‘chib ketgan. 2023 yil noyabr oyida u qisqa muddatga Rossiyaga qaytib, shaxsiy foydalanish uchun uchta qo‘shiq yozganidan so‘ng yana mamlakatni tark etgan.

Kiritildi: 17:22 29.06.2026. O'qildi: 1100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!