Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Alkogol mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritgan shaxslar ushlandi

Alkogol mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.A. va X.X.lar oldindan til biriktirib, alkogol mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro R.ga chet elda ishlab chiqarilgan aksiz markalar bilan yelimlanmagan 1 litr hajmdagi 100 dona “Yeni Raki” nomli alkogol mahsulotini jami 3 300 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:20 22.10.2021. O'qildi: 1408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!