Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Alisher Usmonovning Germaniyadagi villasi qarzdorlik tufayli sotuvga qo‘yildi

 Alisher Usmonovning Germaniyadagi villasi qarzdorlik tufayli sotuvga qo‘yildi

Gap Alp tog‘lari etagidagi joylashgan Tegernzee ko‘li bo‘yida joylashgan villa haqida ketmoqda. Alisher Usmonov bu yerda uzoq vaqt yashagan.

Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, villaning dastlabki bahosi 25 million yevroni tashkil qiladi. Qayd etilishicha, bu zamonaviy Germaniya tarixidagi eng qimmat villa hisoblanadi.

Villani mahalliy arbitraj boshqaruvchisi sotuvga qo‘ydi. Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, Volfratshauzen sudi arbitraj boshqaruvchisiga bankrot deb e’lon qilingan Tegrensee (IOM) Limited offshor kompaniyasining kreditorlari da’volarini qondirishni topshirgan. Ushbu kompaniya villaga egalik qiladi.

"Qarzdor kompaniyaning aktivlari asosan ko‘chmas mulkdan iborat bo‘lib, bu to‘lanmagan qarzlarni qoplash uchun mos kelmaydi, Shu sababli villa sotilishi kerak", – deya tushuntirdi sud vakili.

Uch qavatli villa 4 700 kvadrat metr maydonni egallagan bo‘lib, Rottax-Egern qishlog‘ida joylashgan. 2011 yildan keyin Usmonov villani haftasiga 77 000 yevroga Tegernsee (IOM) Limited kompaniyasidan ijaraga olgan. Münchner Merkur nashri bu kompaniyani “yashirin firma” deb atagan va u villani ta’mirlash uchun yana bir necha million yevro sarmoya kiritganini ta’kidlagan.

Kiritildi: 12:25 03.02.2025. O'qildi: 1135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!