Deputat Alisher Qodirov Portugaliyaga qarshi o‘yinda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarini tanqid qildi.
"Ha, siz bunga loyiq emassiz deb ayta olmayman, chunki maydon tekis, to‘p yumaloq va ularda sizdan ortiq o‘yinchi, oyoq yoki qo‘l yo‘q edi, lekin siz bunga rozi emassiz, umid beradigan qismi shu yerda…
Bosim bo‘ladimi, momaqaldiroq chaqadimi — Kongo bilan o‘yinni biz emas, o‘zingiz uchun o‘ynang, futbolchi nonini yeyapsiz, g‘ururingizga o‘t tushdi, adashmasam…
Keyin, Kannavaro Behruz, Abbos va Abduqodirga o‘xshagan, oldimizdagi ikkita jahon chempionatiga chiqish va sifatli o‘ynashga qodir bo‘lgan 30 taligini shakllantirishi kerak. Bu mundialda jamoani yarmi bo‘loladigan darvozabon yo‘q edi, jiddiy bo‘shliq.
Fikrim o‘zgardi, Osiyo kubogini olish degan xomxayol bilan birga tarkibdagi “xizmat ko‘rsatgan”lardan kechib, shu musobaqaning o‘zidayoq keyingi saralash davrida ishlaydigan tarkibni o‘ynatish kerak.
Osiyoning zo‘r va eng zo‘rlari aniq va biz u yerda emasmiz", deb yozadi u.