O‘zbekistonda ilk bor aliment to‘lovchilarga nisbatan joriy qilingan cheklovlar bo‘yicha keskin siyosat o‘zgarayapti. Adliya vazirligi tomonidan ruyxatga olingan yangi nizom (ro‘yxat raqami: 3196-2, 26.11.2025) bugungi ijro amaliyotida yangi sahifa ochdi.
Endi nima bo‘ladi?
⚡️ Aliment to‘lash majburiyati bor shaxs sug‘urta polisiga ega bo‘lsa, davlat ijrochisi uning chet elga chiqish cheklovini vaqtincha to‘xtatadi.
Bu, aslida, bir narsani anglatadi: davlat birinchi marta aliment masalasida moliyaviy kafolatni cheklovdan ustun qo‘ymoqda.
Bu sug‘urtani faqat lisenziyaga ega kompaniyalar beradi va uning haqiqiyligi MIB tomonidan avtomatik tarzda tekshiriladi. Boshqacha aytganda, “puli bor alimentchilar uchun cheklov yopiladi”.
BU NIMASI BILAN MUHIM?
🔹 Cheklovlar yiliga minglab fuqarolarning ish, o‘qish va xalqaro harakatlanish huquqini cheklardi.
🔹 Yangidan kiritilayotgan mexanizm esa: davlat — nazorat, fuqaro — kafolat, bola — moliyaviy himoya tamoyilini shakllantiryapti.
🔹 Bu o‘zgarish ijro tizimidagi qattiq byurokratiyani yumshatish bilan birga, halq va davlat o‘rtasidagi ishonch muvozanatiga yangi model taklif qilyapti.
Qisqacha aytganda:
O‘zbekistonda aliment to‘lagan-to‘lamaslik masalasi endi faqat jazo emas, balki raqamli kafolat va mas’uliyat tamoyiliga ko‘chmoqda. Vizalar, parvozlar, xalqaro safarlarga va chet elga ishga borishda qarzdorlar uchun avvalgiday taqiq quyilmaydi.