Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Euronews telekanaliga bergan intervyusida global barqarorlik yaqin kelajakda qiyin bo‘lib qolishi haqida aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik mojarolarni hal etish istiqbollariga real nuqtai nazardan qarash kerak.
Global Boku forumida so‘zga chiqqan Aliyev, dunyo yangi qoidalar va xalqaro o‘zaro munosabatlarni shakllantirish bosqichiga kirganini ta’kidladi.
“Eski dunyo tartibi endi mavjud emas. Yangisi qanday bo‘lishi hozircha noma’lum. Turli fikrlar bor, biroq davlatlar o‘z imkoniyatlariga e’tibor qaratishlari, tashqi yordam yoki xalqaro huquqqa tayanmasliklari aniq”, — dedi Ozarbayjon prezidenti.
Rossiya-Ukraina urushi haqida gapirar ekan, Aliyev uning yaqin orada tugashiga shubha bildirdi: "Urushlar to‘xtagan taqdirda ham u yana alangalanmasligiga kafolat yo‘q".
Armaniston bilan aloqalarga to‘xtalgan Aliyev, so‘nggi 5 yil ichida mintaqadagi vaziyat barqarorlashganini ta’kidladi. Biroq, uning fikricha, tinchlik faqat rasmiy kelishuv mavjud bo‘lganda mumkin: "Barqarorlik faqat tinchlik shartnomasi imzolangandagina ta’minlanadi".