Bugun 6 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

"Donald Tramp — ahmoq. Uning bitta iste’dodi bor: e’tiborni o‘ziga qaratish"

"Donald Tramp — ahmoq. Uning bitta iste’dodi bor: e’tiborni o‘ziga qaratish"

Abdul El-Sayed komik Hasan Minhojning podkastida Donald Tramp, vise-prezident Jey Di Vens va ularning siyosiy uslubi haqida keskin fikrlar bildirgan:

«Bugun biz Oq uydagi eng ahmoq odamlar tomonidan tazyiqqa uchrayapmiz. Donald Tramp — ahmoq. Uning bitta iste’dodi bor: e’tiborni o‘ziga qaratish.

Trampning doimiy e’tibor markazida bo‘lishga intilishi bolalikda otasidan yetarlicha e’tibor olmagani bilan bog‘liq. Tramp boy oilada o‘sgan va imtiyozlardan foydalangan holda, e’tibor qozonish uchun bulling — boshqalarni qo‘rqitish va kamsitish usulidan foydalanishni o‘rgangan.

Jey Di Vens aqlli inson, ammo uning mustaqil qadriyatlari va samimiyligi yo‘q. Vens o‘zidan kuchliroq odamga yoqish va uning topshiriqlarini bajarishga harakat qiladi. Pit Xegset Tramp atrofidagi maydaqadam, ammo tajovuzkor siyosiy shaxslardan biri.

Tramp ma’muriyatining siyosiy uslubi kuch ishlatish, qo‘rqitish va raqiblarni kamsitishga asoslangan. Demokratik partiya vakillari bunday bosimga qarshi qat’iyroq turishi kerak. Men bulling qilmayman, lekin bulling qiladiganlarga qarshi kurashaman»

Kiritildi: 15:35 05.11.2026. O'qildi: 1364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik