Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Aksiyadorlik jamiyatlari uchun axborot oshkor etish talablari yengillashtirildi

Aksiyadorlik jamiyatlari uchun axborot oshkor etish talablari yengillashtirildi

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.

Qabul qilingan hujjat bilan aksiyadorlarga dividendlar to‘lanishiga oid huquqlar qonuniy jihatdan mustahkamlandi. Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga esa aksiyalarni imtiyozli shartlarda sotib olish imkoniyati taqdim etilmoqda.

Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarida veb-saytlar mavjud bo‘lishining majburiyligi va ular tomonidan axborotning oshkor etilishi borasida qo‘yilgan talablar soddalashtirildi.

Qonunga muvofiq, fond birjalarini tartibga solish vakolati Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga o‘tkazildi.

Qonun qabul qilinishi kapital bozori, sug‘urta tizimi va elektron tijorat sohasida huquqiy tizimni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 13:39 17.04.2025. O'qildi: 686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!