Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Aholini shovqinning zararidan himoya qilish bo‘yicha huquq va majburiyatlar belgilanadi

Aholini shovqinning zararidan himoya qilish bo‘yicha huquq va majburiyatlar belgilanadi

Senatning yalpi majlisida «Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida» gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, sanoat korxonalari soni oshishi, keng ko‘lamli qurilishlar, shaharlarning kengayib borishi, transport vositalarining ko‘payishi kabi omillar tufayli aholining maishiy hayotida shovqinning salbiy ta’siri ortib bormoqda.

Amalda esa aholi salomatligi va osoyishtaligiga, normal dam olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi zararli shovqinlarga qarshi kurashish masalalarini kompleks tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas.

Shovqinning zararli ta’siri me’yorlarini nazarda tutuvchi 7 ta sanitariya norma va qoida amal qilsa-da, qonunchilikda bu borada qat’iy talablar belgilanmagan. Natijada ushbu sanitariya norma va qoidalariga so‘zsiz rioya etilishi ta’minlanmayapti.

Bundan tashqari, qonunchilikda inson salomatligi uchun zarar keltiruvchi va ruxsat etilgan darajadan yuqori bo‘lgan shovqinlarni keltirib chiqarayotgan ob’ektlarni javobgarlikka tortish masalalari to‘liq va aniq belgilanmagan.

Shuningdek, davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning zararli shovqinga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha vazifa va funksiyalari hamda javobgarligini aniq belgilash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Ushbu Qonun bilan aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishning umumiy qoidalari, davlat organlarining ushbu sohadagi vakolatlari, aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar aniq belgilanmoqda.

Shuningdek, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan shovqinlar, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘i, shovqinning zararli ta’siri uchun kompensasiya to‘lovlariga oid normalar nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarning aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish borasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilanmoqda.

So‘zga chiqqanlar Qonunning qabul qilinishi aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish munosabatlarini tartibga solishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Muhokama yakunida senatorlar ushbu Qonunni ma’qulladi.

Kiritildi: Bugun 16:41. O'qildi: 173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!