Agentlikning xabar berishicha, Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shar’a Vashingtonga yetib bordi. Ahmad ash-Shar’a Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
"Bu 1946 yilda Suriya mustaqillikka erishganidan beri ushbu mamlakat prezidentlarining AQSh poytaxtiga birinchi marta tashrif buyurishidir", deya yozmoqda SANA.
7 noyabr kuni AQSh Ahmad ash-Shar’aga qarshi sanksiyalarni olib tashlagandi. Bir kun oldin BMT Xavfsizlik kengashi Suriya prezidentiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilgan edi.