Suriya prezidenti Ahmad al-Shara’a Washington Post gazetasiga intervyu berdi.
"Biz Rossiya bilan 10 yil davomida jang qildik va bu qiyin, og‘ir urush edi. Ular bir necha bor mening o‘ldirilganimni e’lon qilishdi. Bizga Rossiya kerak, chunki u BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi. Bizga ularning ovozi ma’lum masalalarda biz tomonda bo‘lishi kerak va biz ular bilan strategik manfaatlarga egamiz. Biz Rossiyani Suriya bilan munosabatlarida muqobil yoki boshqa variantlarni izlashga majburlamoqchi emasmiz."