Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ahli sodiqlar kim?

Ahli sodiqlar kim?

Shayx Nabulsiy aytadi: - «Bu nafs atrofdagi narsalardan juda tez ta’sirlanadi. Tijoratchilar bilan yashab ko‘ring, tijoratchi bo‘lishni xohlab qolasiz. Taqvodorlar bilan yashab ko‘ring, taqvodor bo‘lishni istab qolasiz. Fosiq kimsalar bilan davomiy muloqotda bo‘laversangiz, o‘shalardek bo‘lgingiz kelib qoladi. Atrof-muhit inson uchun juda xatarli muammodir. Alloh taolo «Ey mo‘minlar, Allohga taqvo qilinglar», deya buyurib, ketidan qanday taqvo qilishni o‘rgatdi - «Sodiq kishilar bilan birga bo‘ling».

“Ey iymon keltirganlar, Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar bilan birga bo‘linglar” (Tavba surasi, 119-oyat).

Solih kishilar bilan birga bo‘lishlikning o‘zi ham solih amaldir!

Ahli sodiqlarning kimligi Qur’oni karimda ochiq oydin bayon etilgan. “Albatta, haqiqiy mo‘minlar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan, so‘ngra shubha qilmagan va Allohning yo‘lidan mollari va jonlari ila jihod qilganlardir. Ana o‘shalar, o‘shalargina (iymonida) sodiqlardir” (Hujurot surasi, 15-oyat).

Solih kishilarning biri aytadi: - «Shayton men Odam bolasining ustidan bir narsada zafar qozonishni istayman, so‘ng qanday ibodat qilsa-qilaversin, tek qo‘yib qo‘yaman, deb aytdi. - Nima ekan u - deb so‘raldi. Shunda shayton javob berdi:

- Men uni harom yo‘ldan kasb qildiraman. Shunda u agar yesa, haromdan yeydi. Ichsa, haromdan ichadi. Kiyim kiysa, haromdan kiyadi. Sadaqa qilsa, haromdan sadaqa qiladi. Agar ro‘za tutsa, harom evaziga iftor qiladi. Agar uylansa, haromdan topganiga uylanadi. Agar haj qilsa, haromdan haj qiladi.»

Kiritildi: 15:41 09.11.2019. O'qildi: 2591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!