Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

AGTKShlarda metan gaz narxini asossiz oshirishlarni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

AGTKShlarda metan gaz narxini asossiz oshirishlarni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

"O‘zenergoinspeksiya" Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan hamkorlikda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida metan gaz narxini asossiz oshirilishi oldini olish hamda texnologik jarayonlarga rioya qilish bo‘yicha monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida AGTKShlar tomonidan metan gaz narxini asossiz oshirish holatlari va shoxobchalarga gaz quyishda navbatlar mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

Monitoring va nazorat tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ-850 qonuni bo‘yicha shoxobchalar mas’ullariga tushuntirish ishlari olib borildi.

Kiritildi: 13:41 12.06.2025. O'qildi: 573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!