Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

AGTKSh 3,6 milliard so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘rincha ishlatgan

AGTKSh 3,6 milliard so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘rincha ishlatgan

“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Rishton tumanida faoliyat yurituvchi “F.M.” MCHJning mas’ul shaxslari avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasiga o‘rnatilgan kompressor agregatlarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida 3,6 milliard so‘mlik (2,7 mln. kVt⋅soat) elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, Qo‘shtepa tumanida fuqaro X.T. ga qarashli meva va sabzavotlarni saqlash uchun tashkil etilgan muzlatgichda elektr hisoblagichning ulanish sxemalari xato ulangani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 716 million 429 ming so‘m miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Kiritildi: 17:48 15.05.2024. O'qildi: 1079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!