Bugun 23 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etiladi

Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etiladi

Prezidentning “Agrar sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni (PF-224-son, 21.11.2025 y.) qabul qilindi.

Quyidagilar mazkur Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

  • agrar sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini raqamlashtirish orqali mehnat va vaqt resurslari sarfini 2 baravarga qisqartirish,
  • oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkolarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash choralarini unifikasiya qilish orqali ularning sonini 2028 yil yakunigacha 50 foizgacha qisqartirish.

Farmonga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etiladi.

Agentlik:

  • qo‘llab-quvvatlash choralarining yangi turlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
  • qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsatish uchun arizalarni topshirishdan boshlab, ularni ko‘rib chiqish, ma’qullash va to‘lov jarayonigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni to‘liq raqamlashtiradi.

2026 yil 1 yanvardan:

  • mazkur Farmonda belgilangan qo‘llab-quvvatlash choralari Agentlik tomonidan amalga oshiriladi;
  • qo‘llab-quvvatlash choralari tadbirkorlarga alohida maxsus hisob raqamlar (23210) ochish orqali moliyalashtiriladi.
Kiritildi: 15:10 22.11.2025. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!