“Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–97-son, 13.03.2026 y.) qabul qilindi.
🔰 Ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad qishloq xo‘jaligida mexanizasiyalash darajasini oshirish, jumladan, 2026 yilda paxtani mashinalar yordamida terib olish ulushini 70 foizgacha yetkazish etib belgilandi.
💸 Qarorga ko‘ra, 2026 yilda qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari xaridini moliyalashtirish uchun davlat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kredit liniyalari hisobidan tijorat banklari orqali 400 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda mablag‘lar yo‘naltirilishi ta’minlanadi.
💰 Tijorat banklari barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari xaridi uchun 10 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bank asosiy stavkaga 4 foiz bank marjasi bilan milliy valyutada kreditlar ajratadi.
⏳ 2026 yildan imtiyozli kredit va lizing shartlari asosida yetkazib beriladigan paxta va g‘alla kombaynlari bo‘yicha kredit va lizing to‘lovlarini to‘lash muddati ushbu texnikalarni xarid qiluvchilar uchun yiliga 2 marta 31 yanvar hamda 31 iyul sanalari etib belgilandi.