Tashkilot prezidenti Janni Infantino Isroil va Falastin futbol federasiyalari vakillarini birgalikda suratga tushish va qo‘l siqish uchun sahnaga taklif qilib, tinchlikparvar rolini o‘ynashga qaror qildi. Biroq urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Jibril Rajub Kanadada o‘tkazilgan FIFA 76-kongressi davomida Basim Sheyx Suleymon bilan qo‘l berib ko‘rishishdan va yonma-yon turishdan bosh tortgan.
Voqea vaqtida FIFA prezidenti Janni Infantino ularni muloqotga va qo‘l berib ko‘rishishga undagan, biroq Falastin tomoni bunga rozi bo‘lmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi keskinlik FIFA qarorlari va hududiy futbol masalalari bilan bog‘liq davom etayotgan nizolar fonida yuz bergan.